Jizzax viloyati, Zomin tumanida “Vijdon erkinligi – huquqiy kafolat va jamiyat barqarorligining asosi” mavzusida o‘tkazilgan forumda Toshkent davlat agrar universiteti vakillari Respublika targ‘ibot guruhi a’zolari sifatida faol ishtirok etdilar. Forumning asosiy maqsadi — diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, huquqiy ongni yuksaltirish, sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari va manfaatdor idoralar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va targ‘ibot jarayonida faol ishtirok etgan TDAU vakillari O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Bunday tashabbuslar yoshlar ongida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ijtimoiy barqarorlik va totuvlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

