Avval xabar berganimizdek ayni vaqtda Toshkent davlat agrar universiteti mezbonligida "Biznes marafon" seminari bo'lib o'tmoqda. Toshkent viloyatidagi barcha oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari ishtirokidagi ushbu tadbirga 30 ga yaqin yirik korxona rahbarlari va tadbirkorlar ham jalb etilgan. Yoshlar va biznes vakillari o’rtasida tashkil etilgan samimiy subatlarda kelgusida tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishni maqsad qilgan talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olmoqda.
Shuningdek, ushbu muloqot yoshlarga kelgusida amalga oshirmoqchi bo'lgan loyiha va start-up larini istiqbolli bo'lishi uchun tadbirkorlardan maslahat olish imkonini taqdim etdi.



