logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU vakillari Xitoyda bo’lib o’tayotgan xalqaro urug‘chilik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

view 2

Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida "XI Xitoy–Shinjon xalqaro urug‘lar ko‘rgazmasi va savdo yarmarkasi – 2026" bo'lib o'tmoqda.
Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–135-son qarori doirasida Toshkent davlat agrar universiteti vakillari ham ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazma doirasida TDAU delegatsiyasi Xitoyning yetakchi urug‘chilik kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va agrar tashkilotlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, urug‘chilik, seleksiya, ilmiy tadqiqotlar, innovatsion agrotexnologiyalar, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvi hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilmoqda.Shuningdek, universitet vakillari xorijiy urug‘chilik kompaniyalarini Toshkent davlat agrar universiteti bilan hamkorlik qilishga jalb etish, zamonaviy urug‘chilik texnologiyalarini joriy etish hamda TDAU loyiha ofislariga biriktirilgan tajriba yer maydonlarida istiqbolli navlarni namunaviy tarzda ekib sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ham muzokaralar olib bormoqda.our Heading

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.