logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda Butunjahon o‘g‘itlar kuni munosabati bilan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi

view 2

13-oktyabr — Butunjahon o‘g‘itlar kuni munosabati bilan Toshkent davlat agrar universitetining Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi tomonidan ilmiy-amaliy va ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda TDAU rektori, professor Narzullo Oblomuradov, O‘zbekistonning Bursadagi faxriy konsuli, qishloq xo'jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan yirik loyiha tashabbuskorlaridan biri Ali Baklan, Shinjon qishloq xo'jaligi universiteti professor o'qituvchilari hamda soha mutaxassislari, talabalar ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi o‘simliklar oziqlanishida o‘g‘itlarning ahamiyatini keng targ‘ib etish, mineral va organik o‘g‘itlardan ilmiy asosda foydalanish madaniyatini oshirish, tuproq unumdorligini saqlash hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni ommalashtirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir doirasida agrokimyo, o‘g‘itlar, urug‘chilik va yer resurslaridan samarali foydalanish yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi tashkilotlar ishtirokida ko‘rgazmalar tashkil etildi. Jumladan, Respublika agrokimyoviy tahlil markazi, “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti, FARMER PROGRESS, “IFODA Agro Kimyo Himoya” MChJ, FITO urug‘chilik yo‘nalishi hamda YARA xalqaro kompaniyasi o‘z mahsulotlari, ishlanmalari va faoliyat yo‘nalishlarini namoyish etdi.

Ko‘rgazmalar davomida ishtirokchilar o‘g‘itlar, o‘simliklarni oziqlantirish vositalari, urug‘chilik mahsulotlari, agrokimyoviy tahlillar va yer resurslaridan oqilona foydalanishga oid zamonaviy yechimlar bilan tanishdilar. Shuningdek, talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etilib, g‘olib jamoalar munosib taqdirlandi. Sohada ko‘p yillardan buyon faoliyat yuritib, ilmiy izlanishlar olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning mehnati ham alohida e’tirof etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.