Bugun Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sherzod Umarov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ikki tashkilotning tegishli soha mutasaddilari ham ishtirok etdi. O‘zaro muloqotlar davomida qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-adabiyotlar va darsliklarni yangilash va boyitish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, meva-sabzavotchilik, bog‘dorchilik, o‘simliklar himoyasi hamda agronomiya yo‘nalishlarida zamonaviy darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish, ularning zamonaviy ilmiy bazasini shakllantirish yuzasidan bir qator muhim kelishuvlarga erishildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



