logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda “Ichki stipendiyalar tanlovi” bo‘lib o‘tmoqda

view 216

Toshkent davlat agrar universitetida iqtidorli talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy-innovatsion salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida “Ichki stipendiyalar tanlovi” bo‘lib o‘tmoqda.

Tanlovni universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Komolitdin Sultonov ochib berib, yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ilmiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Tanlov doirasida hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan iqtidorli talabalarning startap loyihalari ko‘rib chiqilmoqda. Ishtirokchilar agrar sohani rivojlantirishga qaratilgan innovatsion ishlanmalar, zamonaviy texnologik yechimlar hamda istiqbolli tashabbuslarini taqdim etmoqdalar.
Mazkur tanlov talaba-yoshlarning ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, innovatsion fikrlashini rag‘batlantirish va amaliy ahamiyatga ega loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.