logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUDA “KELAJAKKA QADAM” DASTURI DOIRASIDA RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

view 14

Toshkent davlat agrar universitetida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish hamda biznes-loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan yuqori saviyadagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda universitet rektori Narzullo Oblomuradov, “O‘zmilliybank” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari Baxodir Jalilov hamda “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Xoshimov ishtirok etib, talabalarga o‘z biznesini boshlash bo‘yicha muhim tavsiya va ko‘rsatmalar berdilar.
Muloqot davomida bitiruvchilarning biznes-rejalarini tayyorlash va ularni amaliyotga joriy etish uchun bank kreditlari hamda imtiyozli dasturlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan aniq javoblar oldilar.
Xususan, Toshkent davlat agrar universitetida “O‘zmilliybank” AJ bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan “Kelajakka qadam” markazi bugungi kunga qadar salmoqli natijalarga erishdi:
114 ta istiqbolli loyiha ishlab chiqildi (umumiy qiymati 7 mlrd 442 mln so‘m);
1 mlrd 354 mln so‘m kredit mablag‘lari ajratildi;
49 nafar bitiruvchi o‘z shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘ydi;
90 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Ushbu uchrashuv yoshlarni nafaqat nazariy bilimli mutaxassis, balki mustaqil tadbirkor sifatida shakllantirishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.