Toshkent davlat agrar universiteti Axborot-resurs markazida “Kutubxonalar kuni” munosabati bilan talabalarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir doirasida 1-bosqich talabalari Axborot-resurs markazida kutib olinib, kutubxonaning binosi, bo‘limlari, faoliyati hamda mavjud adabiyotlar fondi bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, talabalarga kitobxonlik madaniyati va mutolaaning inson hayotidagi ahamiyati haqida seminar tashkil etildi. Tadbir davomida qiziqarli viktorina ham o‘tkazilib, unda faol ishtirok etgan hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarga ARM direktori tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi.
Tadbirning yana bir muhim qismi sifatida kitob yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada turli yo‘nalish va mavzulardagi adabiyotlar namoyish etilib, talabalar o‘zlari qiziqqan kitoblarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:






