Kuz — nafaqat tabiatning go‘zal fasli, balki tozalik va obodonlashtirish mavsumi hamdir.
Toshkent davlat agrar universitetida ko‘ngilli talabalar ishtirokida talabalar turar joyi hududida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Jarayon davomida to‘kilgan xazonlar yig‘ishtirilib, gazonlar o‘rilmoqda hamda hududning ozoda va ko‘rkamligi ta’minlanmoqda. Bunday ezgu tashabbuslar yoshlar o‘rtasida jamoaviylik, mas’uliyat va atrof-muhitga e’tibor tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
TDAUda kuzgi obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
7 Noyabr 2026









