logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda Mustaqilligimizning 35 yilligi keng nishonlandi

view 20

Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari, TDAU professor-o‘qituvchilari, xodimlari, talabalari hamda faol yoshlar ishtirok etdi. Tadbir avvalida Mustaqillikning xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rni, mamlakatimizning 35 yillik taraqqiyot yo‘li, tinchlik va osoyishtalikning qadr-qimmati, shuningdek, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi bunyodkorlik ishlari haqida so‘z yuritildi.
Bayram davomida Vatanimiz mustaqilligi, ona yurtga muhabbat va milliy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar hamda turli tomoshalar namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Tadbirning musiqiy qismida universitetning “Bo‘ston” ansambli tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga bayramona zavq bag‘ishladi. Tantanali tadbirning yakuniy qismi esa taniqli san’atkor Yodgor Mirzajonovning chiqishlariga ulanib, bayram ishtirokchilariga unutilmas taassurotlar ulashdi.
🇺🇿 Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!g

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.