Toshkent davlat agrar universitetining Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakultetida yoshlarni oliy ta’limga qiziqtirish va ularni kasbga yo‘naltirish maqsadida Qibray tumanidagi 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari uchun tanishtiruv uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv davomida fakultet dekani K. Ruzmetov hamda Agroiqtisodiyot kafedrasi mudiri I. Ochilov boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar o‘quvchilarga universitetning boy tarixi hamda bugungi kunda talabalar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida so‘zlab berdilar. Xususan, universitetda amalga oshirilayotgan yangilanishlar, zamonaviy ta’lim tizimi va mavjud fakultetlararo yo‘nalishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
O‘quvchilar universitetning muhtasham “Renessans” ma’ruza zallarini ko‘zdan kechirib, oliy ta’limga kirish tartiblari hamda kelajakda istiqbolli kasb tanlash sirlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:


