logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI”: QIBRAY TUMANI BITIRUVCHILARI ZAMONAVIY TA’LIM IMKONIYATLARI BILAN TANISHDI

view 23

Toshkent davlat agrar universitetida yoshlarni kasbga yo‘naltirish va oliy ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” hamda “Yoshlar kuni” tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu tashabbus doirasida Qo‘shma ta’lim dasturlari fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari M.Abduvaliyeva, N.Bayxanova, M.Tahirova, S.Qosimova va B.Norovalar hamrohligida Qibray tumanidagi 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari universitetda yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi. O'‘quvchilar universitetdagi mavjud fakultetlar, zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari, davlat granti asosida o‘qish imkoniyatlari hamda talabalik hayoti haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Taqdimot yoshlarda katta qiziqish uyg‘otib, fakultetning xalqaro hamkorlik aloqalari, xorijiy oliygohlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan dual ta’lim dasturlari, xalqaro amaliyot jarayonlari va bitiruvchilar uchun yaratilgan keng istiqbollar haqida ma'lumotlar berildi.

Samimiy va mazmunli ruhda o‘tgan ushbu uchrashuv maktab bitiruvchilari uchun kelajakda to‘g‘ri kasb tanlash va agrar sohaning zamonaviy qirralarini kashf etishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Universitetimiz jamoasi bo‘lajak talabalarni ilm-fan va innovatsiyalar maskanida kutib qoladi

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.