Yoshlarni oliy ta’limga yanada kengroq jalb qilish ularni kelgusida yuksak bilimli, o’z kasbining eng yetuk kadrlaridan biri bo’lishini ta’minlovchi omillardan biridir. Shu bois ham mamlakatimizda yozgi ta’til davrida targ’ibot tadbirlari keng ko’lamda olib borilmoqda.
Ushbu jarayonlarda Toshkent davlat agrar universiteti professor-o'qituvchilari ham faollik ko’rsatib, chekka hududlardagi yoshlarni oliygohlarda tahsil olishga bo’lgan ishtiyoqlarini oshirish maqsadida ular bilan targ'ibot uchrashuvlari o'tkazishmoqda.
Ayni shunday muloqotlarning navbatdagisi Toshkent viloyatining Bo’ka tumanida tashkil etildi. Viloyatning 1-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida o’quvchi yoshlar davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida maktabda tashkil etilgan to’garaklarda ishtirok etib bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazmoqda. Ayni mana shunday faol yoshlar bilan universitetimiz professor-o’qituvchilari suhbatlar o’tkazib ularga Toshkent davlat agrar universitetida mavjud imkoniyatlar va qulayliklar haqida atroflicha ma’lumot berib ularni ham bizning oliygohda tahsil olishga chorladi.
Hech shubhasiz shu kuni Toshkent davlat agrar universitetining kelasi o’quv yillari uchun abituriyentlari salmog’i sezilarli ortdi



