logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda O‘zbekiston–Yaponiya hamkorligidagi xalqaro loyiha boshlandi

view 43

Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim xalqaro loyihani boshlash bo'yicha uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda universitet rektori Narzullo Oblomuradov, xalqaro hamkorlik, transformatsiya va strategik rivojlanish bo‘yicha prorektor Abdug‘ani Abduvosiqov hamda Yaponiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdilar. Xususan, The University of Electro-Communications professori Kayoko Yamamoto, Tokyo University of Agriculture and Technology professori Takuya Ban, doktor-tadqiqotchi Shigeko Iwamoto hamda maxsus tayinlangan dotsent Hiroki Furukava tashrif buyurdi.

Mazkur tashabbus JICAning “Improving Small-Scale Farmers’ Livelihoods through New Blueberry Production Areas and the Introduction of DX Technology” dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Loyiha Toshkent davlat agrar universitetining Meva-sabzavotchilik kafedrasi hamkorligida yo‘lga qo‘yilib, ko‘kmevali ekinlar, xususan, golubika yetishtirish texnologiyalarini takomillashtirish, raqamli texnologiyalarni qishloq xo‘jaligiga joriy etish hamda fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan.


✅Ushbu loyiha innovatsion agrotexnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish, zamonaviy ilmiy yondashuvlarni rivojlantirish, xalqaro tajriba almashish va qishloq xo‘jaligi sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.