logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda profilaktika samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi

view 50

Bugun Toshkent davlat agrar universitetida ijtimoiy profilaktika tizimini tubdan takomillashtirish hamda oliygoh va mahalla hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli hamda PQ-2-sonli qarorlarida belgilangan ustuvor vazifalar — ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish, oila-turmush munosabatlari doirasidagi muammolarni bartaraf etish hamda xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning asl omillarini ilmiy yondashuvlar asosida tahlil qilish ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulotida universitet mas’ullari, mahalla faollari va huquq-tartibot organlari vakillari ham faol ishtirok etishdi.
Seminar davomida Prezident qarorlarining tub mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganildi. Ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishda quruq pand-nasihatdan voz kechib, muammolarga ilmiy va psixologik yondashuvlar asosida yechim topish zarurligi ta’kidlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.