Toşkent davlat agrar universitetiga Qozoğiston Respublikasidagi M. Auezov nomidagi universitet Agrar fakulteti delegatsiyasi taşrif buyurdi. Mehmonlar universitetning Agrokimyo va tuproqşunoslik, Ösimliklar himoyasi va karantini hamda Biotexnologiya kafedralari faoliyati bilan yaqindan tanişdilar. Ularga kafedralarning ilmiy-tadqiqot salohiyati, zamonaviy laboratoriyalari, ilmiy işlanmalari va ta’lim jarayoniga joriy etilayotgan innovatsion texnologiyalar haqida ma’lumot berildi. Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi örtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, talabalar va professor-öqituvçilar akademik mobilligini yölga qöyiş, qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş hamda özaro tajriba almaşiş masalalari muhokama qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:






