logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI O‘Z ISHINI BOSHLADI

view 69

Bugun Toshkent davlat agrar universitetida agrar soha istiqbollariga bag‘ishlangan “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida aqlli boshqaruv va raqamli yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani boshlandi. Tadbirni universitet rektori, professor Narzullo Oblamuradov hamda Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov ochib berdi. Anjumanda “aqlli qishloq xo‘jaligi” konsepsiyasiga o‘tish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda resurslarni tejash orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari diqqat markazida bo‘ldi.

Hozirda universitetimizda 300 dan ortiq talaba Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishida tahsil olayotgan bo‘lsa, kelgusi o‘quv yilidan “Sun’iy intellekt” ta’lim yo‘nalishiga qabul boshlanishi va zamonaviy sun’iy intellekt laboratoriyasi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Anjuman doirasida olimlar va IT-mutaxassislari raqamli transformatsiya bo‘yicha o‘zaro tajriba almashmoqdalar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.