Toshkent davlat agrar universitetida "Sog‘lom inson – sog‘lom millat" g‘oyasi hamda Besh muhim tashabbus doirasida talabalar turar joylarida sport tadbirlari muntazam o'tkazilib kelinmoqda. Xususan, 7, 12, 13, 14 va 15-sonli TTJlarda har tong badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazilib, talabalar yangi sport inventarlari yordamida chiniqmoqda.
Shuningdek, tyutorlar va tarbiyachi-pedagoglar tashabbusi bilan voleybol musobaqalari va qizlar uchun sog‘lomlashtirish mashqlari tashkil etildi. Ushbu sport uchrashuvlari talaba-yoshlarning jismoniy epchilligini oshirish bilan birga, jamoaviylik va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:


