logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti vakili Qishloq xo‘jaligida yer resurslarini barqaror boshqarishda axborot tizimlarining o‘rni” mavzusida nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy xalqaro anjumanda e’tirof etildi

view 6

“Xalqaro yer kuni” munosabati hamda “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti tashkil etilganining 65 yilligi doirasida poytaxtimizda “Qishloq xo‘jaligida yer resurslarini barqaror boshqarishda axborot tizimlarining o‘rni” mavzusida nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda Toshkent davlat agrar universitetining Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi professori D.A.Qodirova o‘zining ko‘p yillik samarali ilmiy-pedagogik faoliyati hamda soha rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Konferensiya davomida mutaxassislar va olimlar tomonidan bugungi kunda yer resurslarini asrash, degradatsiyaga qarshi kurashish hamda unumdor yer maydonlarini kengaytirish masalalari davlat agrar siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.