Toshkent davlat agrar universitetida birinchi prorektor J. Lapasov boshchiligida fakultet dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, tarbiyachi-pedagoglar va profilaktika inspektori R. Maxmudov ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda talabalarda huquqiy madaniyatni oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yangi o‘quv yilini samarali tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, talabalarni mazmunli va foydali mashg‘ulotlarga jalb etish, sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Mazkur uchrashuv ta’lim va tarbiya jarayonini sifat jihatidan yanada oshirish, talabalarning huquqiy madaniyati va ijtimoiy faolligini mustahkamlash hamda ularning barkamol shaxs sifatida kamol topishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratishga qaratildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


