logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda Xitoy bilan xalqaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

view 16

Toshkent davlat agrar universitetida Xitoyning Xitoy–ShHT Iqtisodiyot va Savdo instituti hamda Qingdao texnologiya universiteti vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiyani TDAUning Xalqaro hamkorlik, transformatsiya va strategik rivojlanish bo‘yicha prorektori Abduaziz Abduvasikov kutib oldi. Muloqot davomida ta’lim va ilmiy hamkorlikni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda zamonaviy qo‘shma laboratoriyalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralarning muhim natijalaridan biri — Toshkent davlat agrar universitetida Xalqaro o‘qitish markazini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishilgani bo‘ldi. Mazkur markazda zamonaviy Xitoy texnologiyalari, xitoy tili, atrof-muhit muhandisligi, suv resurslaridan samarali foydalanish va suvni boshqarish texnologiyalari bo‘yicha ta’lim hamda malaka oshirish dasturlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, tomonlar atrof-muhit muhandisligi va suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishlarida qo‘shma tadqiqotlar olib borish, malakali mutaxassislar tayyorlash va zamonaviy o‘quv-amaliy bazani shakllantirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.