logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda Yoshlar kuni munosabati bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

view 6

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularning innovatsion g‘oyalari va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi loyihalarni hayotga tatbiq etishga ko‘maklashish maqsadida Toshkent davlat agrar universitetida Yoshlar kuni munosabati bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda Toshkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomuradov, Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov, O‘zMilliybank AJ vakili U. Valiyev, Qibray tumani prokurori S. Arshidinov, shuningdek, yosh tadbirkorlar, talaba-yoshlar va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Yosh tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, biznesni rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozli kredit va subsidiyalar, yoshlar bandligini ta'minlash hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Ochiq muloqot jarayonida tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki kengaytirishni rejalashtirayotgan yoshlarning savol va takliflari tinglanib, ularga tajribali mutaxassislar tomonidan amaliy tavsiyalar berildi. Kredit olish, biznes loyihalarini moliyalashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.