logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUDA YOSHLAR KUNI: “YUKSALISH PSIXOLOGIYASI” MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING BO‘LIB O‘TDI

view 133

Universitetimizda haftaning har payshanbasi — Yoshlar kuni munosabati bilan talabalarning shaxsiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi qiziqarli uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Navbatdagi tadbirda “Yuksalish psixologiyasi” risolasi muallifi, tajribali mutaxassis Abduvali Nosirov mehmon bo‘ldi. Seminar avvalida mehmon Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha boshqarma boshlig‘i Sardor Isroilov hamrohligida oliygohning muhtasham “Renessans” ma’ruzalar zali bilan yaqindan tanishdi.

Trening davomida talabalar shaxsiy o‘sish, ichki imkoniyatlarni kashf etish va ularni hayotga tatbiq qilish, maqsad sari qat’iyat bilan intilish hamda to‘siqlarni yengishda ijobiy fikrlashni shakllantirish kabi muhim yo‘nalishlarda bilim va motivatsiya oldilar. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzi va psixologik salomatlikni saqlash sirlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Tadbir shunchaki nazariy ma’ruza emas, balki jonli muloqot va qiziqarli amaliy mashg‘ulotlar tarzida o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan batafsil javoblar olib, o‘z ustida ishlash uchun yangi kuch va g‘oyalar bilan qaytdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.