Biochar — o‘simlik qoldiqlari, yog‘och, somon va boshqa organik biomassalarni kislorod cheklangan sharoitda yuqori haroratda qizdirish orqali olinadigan uglerodga boy, g‘ovak materialdir. U qishloq xo‘jaligida tuproq sifatini yaxshilash va organik chiqindilarni foydali resursga aylantirishda qo‘llanilishi mumkin. Tadbir davomida yosh olimlar, tadqiqotchilar va doktorantlar ishtirokida biochar haqida batafsil ma’lumot berilib, uni tayyorlash texnologiyasi hamda qishloq xo‘jaligida qo‘llash imkoniyatlari tushuntirildi. Xususan, biochardan foydalanishning tuproq unumdorligini oshirish, tuproqning fizik xususiyatlarini yaxshilash, namlikni saqlash, oziqa moddalarining tuproqda ushlanib qolishiga ko‘maklashish va organik modda miqdorini oshirishdagi ahamiyati ochib berildi. Shuningdek, organik qoldiqlarni biochar shaklida qayta ishlash orqali chiqindilarni kamaytirish, biomassa resurslaridan samarali foydalanish va ekologik barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish imkoniyatlari haqida fikr almashildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


