favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Bugun Toshkent davlat agrar universitetida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida  “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi  bo‘lib o‘tdi.

view 24

Uchrashuv Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi  bilan hamkorlikda tashkil etilib, Qibray tumanidagi ta’lim muassasalari bitiruvchi yoshlarini kutib olish bilan boshlandi. Tadbirni universitet rektori N.Oblomuradov samimiy va ilhombaxsh kirish so‘zi bilan ochib berdi.Bitiruvchi yoshlarga “Tezkor tayyorlov kurslari”, “Green Camp 2025” yozgi maktabi, universitet bazasida tashkil etilgan haftalik “Yozgi maktab” loyihasi va “Kelajakka qadam” tashabbuslari yuzasidan tegishli  mutaxassislar tomonidan taqdimot qilinib, atroflicha ma’lumotlar berildi.Universitetning 7-sonli talabalar turar joyida  tashkil etilgan “Gulchilik to‘garagi”  a’zolari tomonidan parvarish qilinayotgan gullar ko’rgazmasi tashkil etilib, ushbu manzarali gullardan yoshlarga hadiya qilindi.

Shuningdek, uchrashuv bayramona kayfiyat, madaniy-ma’rifiy ruhga ulanib ketdi. “Agrar yulduzlari” ansambli tomonidan ijro etilgan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. Kuy-qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga katta zavq bag‘ishladi.
Ma’lumot o’rnida, uchrashuv davom etmoqda. Yoshlarni oldinda universitetning o’quv tajriba xo’jaligi, laboratoriyalar, “Kelajakka qadam” biznes inkubatoriga sayohat hamda mazali tushlik kutmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.