Mazkur tadbirda Toshkent davlat agrar universitetining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat bo‘limi boshlig‘i A.A. Tashmuxamedov hamda bo‘lim bosh mutaxassisi A.E. Xayitov ishtirok etib, mazmunli ma’ruzalar qildilar. Davra suhbatida akademik litseyda faoliyat yuritayotgan har bir xodim korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymasligi lozimligi, shuningdek, pora berish yoki ta’magirlik holatlariga duch kelinganda bu haqda zudlik bilan rahbariyat hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, ishtirokchilarga universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish mexanizmlari hamda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Mazkur tadbir xodimlar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

