logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida talabalar farovonligi — doimiy e’tiborda!

view 171

Universitetning 15-talabalar turar joyida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor J. Lapasov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda talabalar turar joylari mas’ullari, fakultet dekan o‘rinbosarlari, tarbiyachi-pedagoglar, Talabalar turar joyi mudirlari va tutorlari ishtirok etishdi. Unda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, isitish tizimlarini sozlash hamda talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, talabalar uchun yaratilayotgan qulayliklarni yanada takomillashtirish, ularning farovon yashashini ta’minlash bo‘yicha bir qator topshiriq va tavsiyalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.