Tadbir davomida markaz rahbariyati tomonidan Axborot-resurs markazida faoliyat olib borayotgan ayol xodimalarning fidokorona mehnati, mas’uliyati hamda jamoa rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi. Bayram munosabati bilan markazning bir guruh ayol xodimalari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Tadbirda markaz rahbari D.Temirxodjayev hamda Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti O.Yuldashev so‘zga chiqib, ayollarni samimiy tabriklab, ularning jamiyat va jamoa hayotidagi muhim o‘rni haqida alohida ta’kidlab o‘tdilar
Shuningdek, 1-kurs talabalari J.Ismoilov va J.Rahmatovalar ham Axborot-resurs markazining ayol xodimalarini samimiy qutlab, o‘zlarining ezgu tilaklarini bildirdilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:


