Jarayonda universitet birinchi prorektori J. Lapasov hamda mas’ul xodimlar ishtirok etib, turar joylarning umumiy holati, tozalik va gigiyena talablari, yashash sharoitlari, ichki tartib-qoidalarga rioya etilishi hamda badiiy va ma’naviy-ma’rifiy kitoblar bilan ta’minlanganlik darajasini ko‘zdan kechirdilar. Talabalarga yong‘in xavfsizligi, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, hushyorlikni oshirish va mulkka ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, kiyinish madaniyati, odoblilik va estetik qiyofa borasida tushunchalar berilib, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida kiyinish zarurligi uqtirildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



