Jiangsu University of Science and Technology ma’muriy binosida O‘zbekiston yosh kadrlari uchun tashkil etilgan 4-seminarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori D. Mamadiyarov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida universitet rektori Ji Chunyan, Jiangsu viloyati Xalq hukumati tashqi ishlar idorasi rais o‘rinbosari Jin Shangjun hamda O‘zbekistonning Shanxaydagi Bosh konsulligi bosh konsul o‘rinbosari Ubaydullaev Qutbiddin nutq so‘zlab, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyatini alohida ta’kidladilar.
Shuningdek, marosim yakunida rahbarlar tinglovchilar vakiliga kitob sovg‘a qilib, barcha ishtirokchilar esdalik uchun umumiy suratga tushdilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:

