Xususan, Xitoy–O‘zbekiston 87-tur qo‘shma loyiha asosida yumshoq bug‘doy kasalliklarini monitoring qilish va ularga qarshi kurash choralari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Mazkur yo‘nalishda universitetimiz professor-o‘qituvchilari R. Gulmurodov va X. Nazarovlar faol ishtirok etmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi — sariq zang, un-shudring va septorioz kasalliklarini erta aniqlash, ularning tarqalishini bashorat qilish hamda fermerlar uchun ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Shuningdek, tadqiqot natijalarini nufuzli xalqaro jurnallarda chop etish rejalashtirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlar:


