Toshkent davlat agrar universitetida xorijiy tillarni o‘rganishni kengaytirish hamda talabalar qiziqishini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilish universitetning Xalqaro hamkorlik, transformatsiya va strategik rivojlanish bo‘yicha prorektori A. Abduvasikov boshchiligida tashkil etildi.
Yig‘ilish davomida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, talabalarni dars jarayonlariga faol jalb etish hamda ularning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, taklif va tashabbuslar tinglanib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


