logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti «Iste’dod» talabalar teatr jamoasi “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining yakuniy respublika bosqichida ishtirok etmoqda

view 283

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining yakuniy respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tanlovda Toshkent davlat agrar universiteti "Iste'dod" teatr jamoasi o‘zining betakror chiqishi va mahorati bilan barchaning e’tiborini tortdi. Ijodkor yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun universitetimizning birinchi prorektori J.Lapasov boshchiligidagi jamoa hamda talabalar ushbu zalda jam bòlishdi. Rahbariyat va ustozlarning bu kabi e’tibori sahnadagi jamoamizga o‘zgacha kuch va jo‘shqinlik bag‘ishladi.

Zal tomoshabinlarning olqishlari va talabalarning samimiy qo‘llab-quvvatlashlari bilan to‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.