logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi paxta dalalarida

view 177

Bugun Toshkent davlat agrar universitetining bir qator professor-o‘qituvchilari hamda 50 nafardan ortiq ko‘ngilli talabalari Bo’ka tumanidagi fermer xo‘jaliklarida bo‘lishdi. Mazkur jarayon qishloq xo‘jaligi sohasida olingan nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, shuningdek, hosil yig‘im-terimi jarayoniga munosib hissa qo‘shish maqsadida tashkil etildi. Talabalar mehnat jarayonida paxtaning yetilishi, yig‘im-terim texnologiyalari va avtomatlashtirilgan uskunalarning amaliy qo‘llanilishi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, yoshlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab, agrar sohaning dolzarb jarayonlarida faol ishtirok etdilar.

Toshkent davlat agrar universitetining talaba-yoshlari va rassomlar ishtirokida ijodiy plener tashkil etildi.Tadbir davomida ishtirokchilar tabiat go‘zalligini, mehnat jarayonidagi ilhom manzaralarini o‘z asarlarida aks ettirdilar. Shuningdek, samimiy muhitda ishchilar uchun osh tarqatilib, barchaga bayramona kayfiyat ulashildi. Toshkent davlat agrar universitetining talaba-yoshlari va rassomlar ishtirokida ijodiy plener tashkil etildi.Tadbir davomida ishtirokchilar tabiat go‘zalligini, mehnat jarayonidagi ilhom manzaralarini o‘z asarlarida aks ettirdilar. Shuningdek, samimiy muhitda ishchilar uchun osh tarqatilib, barchaga bayramona kayfiyat ulashildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.