logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi “Yaxshilangan paxta” dasturi doirasida mahalliy mutaxassislar uchun o‘quv-treningda ishtirok etmoqda

view 99

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi (BMZ) buyurtmasiga asosan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan “Paxtachilik sanoatini barqaror rivojlantirish va qo‘shilgan qiymatni oshirish” global loyihasi doirasida navbatdagi muhim tadbir tashkil etildi. Joriy yilning 14–16 iyul kunlari Toshkent shahrida mazkur loyiha hamkorlaridan biri bo‘lgan Germaniyaning “GOPA AFC” konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda “Better Cotton” (BCI) —“Yaxshilangan paxta” dasturi doirasida mahalliy ekspertlar uchun o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu trening xalqaro mutaxassislar ishtirokida, rus va o‘zbek tillarida olib boriladi. Tadbirning asosiy maqsadi — mahalliy mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, ularni barqaror paxtachilik tamoyillari bo‘yicha tayyorlashdan iborat. O'quv mashg'ulotlarida Toshkent davlat agrar universitetining bir guruh ilmiy izlanuvchilari hamda ustoz-murabbiylari ishtirok etib paxtachilik borasidagi bilim-ko'nikmalarini mustahkamlamoqda.

Mazkur o‘quv dasturi mamlakatda barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotlarini keng joriy etish, atrof-muhitni muhofaza qilish va fermerlar hayotini yaxshilashga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.