logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti Kengashining 4-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

view 367

Dastlab, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlari kengashi majlisidagi nutqida belgilangan ustuvor vazifalar hamda 21-oktabr kuni davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan vazifalar tahlil qilindi. Ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan universitet rektori N. Oblomuradov Kengash a’zolariga batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, yig‘ilishda 2025/2026-o‘quv yilida talabalikka qabul natijalari, universitet huzuridagi akademik litseyda o‘quv-uslubiy, ma’naviy va ma’rifiy ishlar holati, universitet binolarini ta’mirlash va yangi loyihalar ustida olib borilayotgan ishlar, Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakultetining o‘quv-uslubiy, ilmiy hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar tinglandi. Shuningdek, Kengashda quyidagi masalalar ham ko‘rib chiqildi 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan korxona va tashkilotlarni tasdiqlash, professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan darslik va o‘quv qo‘llanmalarga guvohnomalar berish, ilmiy monografiyalarni chop etishga tavsiya etish, pedagog xodimlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini tasdiqlash (62 nafar pedagog xodim bo‘yicha).

Ilmiy kengash davomida ilmiy unvon olish uchun OAKga attestatsiya yig‘ma jildlarini topshirgan talabgorlarning hujjatlari muhokama qilindi, ilmiy unvoni va darajasi bo‘lmagan o‘qituvchilarga bir o‘quv yili davomida 250 soatgacha ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tishga ruxsat berish, o‘qishni ko‘chirish, tiklash va ta’lim shaklini o‘zgartirish jarayonida to‘lov-kontrakt mablag‘ini kech to‘lagan talabalarga shaxsiy qaydnoma asosida baholarni o‘zlashtirishga ruxsat berish, “Endofit bakteriyalari asosida biopreparat uchun boshlang‘ich material olish va lavandaning ildiz kasalligiga qarshi qo‘llash” loyihasi bo‘yicha 2025-yil sentyabr–oktyabr oylari uchun oraliq hisobot ko‘rib chiqildi. Tadbir yakunida ilmiy unvon olgan professor-o‘qituvchilar hamda tanlov g‘oliblari tantanali tarzda taqdirlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.