Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini sohalar bo‘yicha rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish va bilimli, tashabbuskor yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida universitetimizda bakalavr va magistr bosqichida tahsil olayotgan kunduzgi, sirtqi hamda qo‘shma taʼlim dasturida o‘qiyotgan talabalar o‘rtasida nufuzli “Nomli stipendiya” tanlovi tashkil etildi. Ushbu tanlovning asosiy maqsadi zamonaviy bilimlarga ega, mustaqil fikrlovchi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, ekologiya va ijtimoiy sohalardagi dolzarb muammolarga yechim bo‘la oladigan startup loyihalarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
G‘oliblar nafaqat moddiy rag‘bat bilan taqdirlandi, balki kelajakdagi ilmiy va amaliy faoliyatlarida qo‘llab-quvvatlanadi!
Ijtimoiy tarmoqlar:


