Toshkent davlat agrar universiteti O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti 22-66 guruh talabalari G‘ulamhodjayeva Shaxnoza rahbarligida bitiruv oldi amaliyotini Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasida o‘tamoqda.
Amaliyot davomida talabalar poytaxt hududlarini ko‘kalamzorlashtirish, landshaft dizayni elementlarini ishlab chiqish hamda ularni kompyuter dasturlari yordamida loyihalash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni bajarishmoqda.
Talabalar zamonaviy texnologiyalar orqali obodonlashtirish loyihalarini modellashtirish, yashil hududlarni rejalashtirish va ekologik muvozanatni saqlash yo‘nalishida o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab bormoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:



