Toshkent davlat agrar universiteti vakillari “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash” kafedrasi birinchi bosqich tayanch doktoranti J. G‘afurov ilmiy rahbari professor A.Sh. Azizov boshchiligida Yangiyo‘l tumanida ilmiy izlanish ustida ish olib bormoqda. Mazkur hududda xitoylik tadbirkor Xe Shu Li tomonidan “Lotoc (Nymphaea lotos)” o‘simligi 7 gektar maydonda 5 yildan beri yetishtirib kelinmoqda. Jarayon davomida Lotos yetishtirish texnologiyasi, Agrotexnik tadbirlar, O‘simlikning o‘sish va rivojlanish bosqichlari, Ildiz poyasi hosilini yig‘ib olish davri, saralash, saqlash va quritishga tayyorlash masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, kelgusida qo‘shma ilmiy izlanishlar olib borish hamda tajriba almashish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

