logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakultetiga qarashli 14-sonli talabalar turar joyida talaba qizlar ishtirokida mazmunli va foydali suhbat bo‘lib o‘tdi.

view 196

Uchrashuvda universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G. Shodmonova, fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi G. Sultanova hamda yotoqxona tarbiyachisi N. Ashurova hamkorlikda ishtirok etdilar. Suhbat davomida talaba qizlarning huquq va manfaatlari, ta’lim jarayonidagi faolligi, jamiyat va ijtimoiy hayotdagi o‘rni, shuningdek, ularni qiziqtirayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Talaba qizlarning fikr-mulohazalari diqqat bilan tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarga amaliy yechimlar topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday uchrashuvlar talaba qizlarning bilimli, faol va mustaqil shaxs sifatida kamol topishiga xizmat qiladi hamda ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.