logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetida Oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishi talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazildi

view 238

Mazkur mahorat darsi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash kafedrasi mudiri N.Narkabulova tomonidan olib borildi. Unda fakultet dekani J.Eshonqulov boshchiligida kafedra professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar. Mahorat darsi “Vinochilik texnologiyasi” fanidan 2-bosqich 22–44SI guruhi talabalari uchun tashkil etilib, “Uzum: vinochilik, funksional ichimliklar va biotexnologiyalar uchun xomashyo” mavzusiga bag‘ishlandi.

Mashg‘ulot davomida vinochilik, vino kimyoviy tarkibi, vinochilik uchun xomashyo sifatidagi ahamiyati, funksional ichimliklar hamda biotexnologik mahsulotlar ishlab chiqarishdagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, vinochilik texnologiyasining zamonaviy yo‘nalishlari, xomashyoni qayta ishlash bosqichlari, sifat ko‘rsatkichlari va innovatsion yondashuvlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar olib borildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.