logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti radiosi orqali axborot faoliyati rivojlanmoqda

view 118

Universitet radiosi faoliyati doirasida radio eshittirishlarini muntazam va samarali tashkil etish, talabalar bilan ishlash jarayonini yanada takomillashtirish hamda axborot faoliyatini rivojlantirish maqsadida kunlik faoliyat yo‘lga qo‘yilgan.Mazkur jarayonlar Universitet Radio koordinatori — Jumanazarova Nodira tomonidan tizimli ravishda boshqarilib, radio faoliyatining sifatli va uzluksiz olib borilishi ta’minlanmoqda. Shuningdek, radio faoliyati doirasidagi tadbir va jarayonlarda Zooinjeneriya fakulteti faol talabasi Safarova Hulkar, O‘rmonchilik va landshaft dizayn fakulteti talabasi Asatullayeva Nozima, hamda Universitet talaba qizlar koordinatori — Sodiqova Sevinch faol ishtirok etib, tashkiliy va hamkorlik masalalarida o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

Ushbu faoliyat talabalar o‘rtasida axborot almashinuvini kuchaytirish, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda universitetda sog‘lom media muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Universitet radiosi — talabalar ovozi va ishonchli axborot manbai!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.