Tadbir davomida universitet rektori N. Oblomuradov hamda prorektorlar talaba-yoshlar va ustozlar bilan samimiy suhbat qurib, barchani kirib kelayotgan Navroʻz ayyomi bilan muborakbod etdilar. O‘z nutqlarida ular milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yosh avlodni vatanparvarlik, mehnatsevarlik va sadoqat ruhida tarbiyalash muhimligini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, “Bo‘ston” ashula va raqs ansambli tomonidan ijro etilgan jonli kuy-qo‘shiqlar tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Talabalar va ustozlar tomonidan she’riy chiqishlar namoyish etildi. Muborak Ramazon oyiga to‘g‘ri kelgan ushbu iftorlik dasturxoni tadbirga o‘zgacha fayz va baraka baxsh etdi. Bir dasturxon atrofida jam bo‘lish mehr-oqibat, shukronalik va hamjihatlikning yorqin ifodasiga aylandi.
Tadbir yakunida faol qatnashgan talabalarga rektor tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi. Bu e’tibor yoshlarning ilmga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni bilim olishga rag‘batlantirishga xizmat qildi.
Mazkur bayram tadbiri nafaqat milliy an’analarimizni targ‘ib qildi, balki universitet jamoasining yakdilligi, o‘zaro hurmati va mustahkam jamoaviy ruhini yana bir bor namoyon etdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



