favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Xitoy Xalq Respublikasi òtkazilgan “Bir kamar — bir yo‘l” biologik paxta seleksiyasi sammiti TDAU delegatsiyasi ishtirok etdi

view 63

Xitoy Xalq Respublikasining Aksu shahrida “Bir kamar — bir yo‘l” tashabbusi doirasida o‘tkazilgan “Bir kamar — bir yo‘l biologik paxta seleksiyasi sammiti forumi”da Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori, akademik Sh.Namozov, Markaz direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Z.Bo‘riyev, Toshkent davlat agrar universitetining professori X.Sheraliyev, dotsentlari F.Toreyev va G.Xidirovalar ishtirok etishdi. Forum Xitoy milliy biologik g‘o‘za navlari seleksiyasi va paxta sanoati innovatsion texnologiyalari alyansi tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbirda Xitoydagi paxta sanoati bilan bog‘liq yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari, urug‘chilik kompaniyalari hamda paxta tolasi bilan ishlovchi sanoat korxonalari vakillari ishtirok etdilar.

Forum mezboni sifatida alyansning yetakchi a’zolaridan biri — Xinjiang Jinfengyuan Seed Industry Co. Ltd. kompaniyasi faol qatnashdi.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.