logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov 1-bosqich tayanch doktorantlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

view 12

Toshkent davlat agrar universitetining “Renessans” ma’ruza zallari majmuasida tashkil etilgan uchrashuvda Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov ham ishtirok etib, agrar sohada oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, yuqori malakali va raqobatbardosh yosh olimlarni tayyorlash masalalari haqida sòz yuritdi.
Ochiq muloqot davomida ilmiy innovatsion ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ilmiy salohiyatni oshirish, agrar sohani barqaror rivojlantirish, ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish hamda uning samaradorligini oshirish borasida fikr almashildi.

Shuningdek, doktorantlar tomonidan ilmiy tadqiqot metodologiyasi, ingliz tili va xalqaro ilmiy bazalarda ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida 16–24-fevral kunlari tashkil etilgan o‘quv kurslari yakuni yuzasidan ham suhbat o‘tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.