Delegatsiya korxonaning zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, makaron va un mahsulotlari tayyorlash jarayonlari, shuningdek, ilg‘or texnologik uskunalari bilan yaqindan tanishdi. Mazkur tashrif natijasida ta’lim jarayoniga zamonaviy ishlab chiqarish tajribalarini tatbiq etish, talabalarga amaliyot va stajirovka imkoniyatlarini kengaytirish hamda ilmiy-tadqiqotlarda sanoat bilan bevosita integratsiyani kuchaytirish imkoniyatlari belgilab olindi. Gyermelyi Malom kompaniyasi bilan o‘rnatilgan aloqalar Toshkent davlat agrar universiteti talabalari va yosh olimlari uchun xalqaro amaliy tajriba, innovatsion yondashuv va zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumot o’rnida, Gyermeyli Group kompaniyasi 8,8 ming gektar yer maydoniga ega bo‘lib, o‘ziga qarashli hamda shartnoma asosida hamkorlik qiluvchi fermerlar bilan birgalikda donli ekinlarni yetishtiradi. Korxona yiliga 70 ming tonna tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Mazkur kompaniya vertikal integratsiya tamoyili asosida faoliyat yuritib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan tortib, tovuq fermasi, bug‘doy va makkajo‘xori yetishtirish, un tayyorlash va tayyor makaron mahsulotlarini eksport qilishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



