logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti rektori N. Oblomuradov Budapesht shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Yashil qishloq xo‘jaligi bo‘yicha Global forum va Yevropa hamda Markaziy Osiyo uchun 2-mintaqaviy fan va innovatsiyalar haftaligi”da ishtirok etdi.

view 37

Joriy yilning 9–11-sentabr kunlari FAO tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur xalqaro forumda Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari, hukumat delegatsiyalari, xalqaro tashkilotlar, ilm-fan va innovatsiya sohasi mutaxassislari qatnashdi. Forum doirasida universitetimiz rektori FAO Bosh direktorining yordamchisi, Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy rahbari Viorel Gutu bilan uchrashdi.

Tadbirda yashil qishloq xo‘jaligi sohasidagi tajribalar, hamkorlikni kengaytirish yo‘nalishlari, agrar sohada innovatsion texnologiyalarni joriy etish, barqaror oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirish, iqlim o‘zgarishiga moslashuv va biologik xilma-xillikni saqlash masalalari muhokama qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.