logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti rektori N. Oblomuradov universitet kutubxonasida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

view 93

Muloqot davomida yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning taklif va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari muhokama qilindi. Rektor kutubxonani nafaqat bilim manbai, balki yoshlarning mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va tashabbuskorlik qobiliyatini shakllantiruvchi muhim maskan sifatida alohida ta’kidladi. Shuningdek, talabalarga muntazam kitob o‘qish, xorijiy tillarni chuqur o‘rganish, ilmiy-tadqiqot ishlarida faol bo‘lish va yangilik yaratishga intilish zarurligini ta’kidladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.