Uchrashuv davomida oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligi siyosatini tahlil qilish bo‘yicha qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish, universitetimiz olimlarining IFPRI loyihalarida ishtirokini kengaytirish, shuningdek IFPRIning analitik platformalari asosida ilmiy asoslangan siyosiy tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Tomonlar Toshkent davlat agrar universiteti mutaxassislarining siyosiy tahlil bo‘yicha salohiyatini oshirish, IFPRIning statistika bazasi va tadqiqot instrumentlaridan manfaatli foydalanish hamda oziq-ovqat xavfsizligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha qo‘shma monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish masalalarida ham fikr almashdilar. Shuningdek, uchrashuvda universitetimiz professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilari uchun treninglar, seminarlar va malaka oshirish dasturlarini tashkil etish bo‘yicha kelajakdagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tomonlar 2026-yil may oyida qo‘shma ilmiy konferensiya tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishganliklari uchrashuvning muhim natijalaridan biri bo‘ldi. Uchrashuv yakunida ikki tomon agrar sohadagi ilmiy-tadqiqotlar, siyosiy tahlil va malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:

