logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti rektori YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etmoqda

view 169

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida “Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global konvensiya”ni ratifikatsiya qilishga bag‘ishlangan muhim tadbir o‘tkazildi. Mazkur xalqaro hujjat O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo uchun oliy ta’lim tizimini yanada integratsiyalash, diplom va ilmiy yutuqlarni o‘zaro tan olish, akademik almashinuv va ilmiy hamkorlikni kengaytirish imkonini beradi. Bu tashabbus Toshkent davlat agrar universiteti uchun ham xalqaro ta’lim makoniga yanada faol integratsiyalashish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dasturlarni rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish yo‘lida muhim qadamdadir.

Yoshlarimiz uchun esa bu — xorijda tahsil olish, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish va global mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.